Kuyganyorliklarning oltmish yillik orzusi ushaldi

18:19 28 Sentyabr 2021 Jamiyat
599 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Yurtimiz aholisining salmoqli qismi yashaydigan qishloq joylarda zamonaviy infratuzilmalarni yaratibgina hayot sifatini yaxshilash, xalqimizda rozilik hissini oshirish mumkinligini “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qilinayotgan ishlar yana bir karra isbotlamoqda. Jumladan, Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Kuyganyor mahallasida istiqomat qiluvchi aholining ham nihoyat oltmish yillik orzusi amalga oshdi.

Фото: "Халқ сўзи" 

— Oltmish yildan buyon toza ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar bilan yashadik, — deydi kuyganyorlik mehnat faxriysi Anorxon Qashqarova. — Daryo suvidan ichgan paytlarimiz ham boʻlgan. Bugun esa har bir xonadonga joʻmraklar oʻrnatilgan. Billurday sof suvning oqib turganini koʻrib, koʻzimiz quvonadi. Axir suv bor – hayot bor.

Darvoqe, Kuyganyorni obodonlashtirish jarayonida bu mahallaga salkam 4 km masofada yangi suv quvuri tortilib, bitta yangi quduq oʻrnatildi. Natijada 2200 nafar aholining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoji taʼminlandi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”

 

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?