Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

07:39 20 Sentyabr 2022 Jamiyat
264 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʻjaobod tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar J.T. va J.S. fuqaro A.ga 994 dona “Lirika” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 1 700 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida umumiy bahosi 68,7 mln soʻmlik 4 004 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.I. boshqa bir fuqaro A.ga 240 dona «Tropikamid» nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 21,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер