Kuch-qudratimiz tinchlik va osoyishtaligimiz negizi

Foto: Халқ сўзи
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni Andijon viloyatida koʻtarinki ruhda nishonlandi. Asosiy tadbir ishtirokchilari viloyat markazidagi Xotira xiyobonida jam boʻldilar.
Qayd etilganidek, oʻtgan oʻttiz yilda Qurolli Kuchlarimiz qudrati jadal yuksaldi, salohiyatli, zamonaviy Milliy Armiyamiz shakllandi. Soʻzga chiqqanlar bugungi tinch hayot qadri, ona yurt madhi haqida ham toʻxtaldilar. Harbiy xizmatchilar tomonidan mudofaa qurollari va texnikalari, koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi.
— Bu zamonaviy harbiy texnik vositalar Qurolli Kuchlarimiz qudratidan dalolat, — deydi andijonlik mehnat faxriysi Otanazar ota Saydaliyev. — Ilohim, ular faqat tinchlik yoʻlida xizmat qilsin! Bugungi yoshlarimiz koʻzida chaqnab turgan otash aslo soʻnmasin. Vatanimizda hamisha osoyishtalik hukm sursin.
Faxriy xizmatchilar askarlar koʻchma oshxonasida mehmon boʻlib, unutilmas onlarni yodga oldilar. Yosh avlod uchun katta tarbiya maktabi vazifasini oʻtovchi bunday tadbirlar viloyatning barcha hududlarida davom etdi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
- Avariya ishorasi qanday holatlarda yoqiladi?
- “Maʼnaviyat festivali” barchani ezgu maqsadlar yoʻlida birlashtiradi
- Bir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring