Surxondaryoda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

15:42 01 Aprel 2023 Jamiyat
414 0

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamentining Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Y.M.” MCHJ rahbari J.R. hududiy tijorat banki filialidan issiqxona qurish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining 1,3 mlrd so‘mini hamda ukasi X.R.ning nomiga tashkil etgan “J.S.” MCHJga ajratilgan 600 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini boshqa maqsadlarda sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Bandixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.F.” MCHJ rahbari M.A. hududiy tijorat banki filialidan chorva kompleksi qurish uchun ajratilgan 762,2 mln so‘m kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan qurilish materiallarini boshqa maqsadlarda foydalanib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?