Kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi
Illyustrativ foto
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muzrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.V.” xususiy firmasi rahbari O.X. tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga sotib olingan 2 dona “Sinotruk Howo” rusumli syement tashuvchi transport vositasini garovga qo‘ymasdan boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 1,7 mlrd so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Xatirchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda "A.B.", "F.","E.M.", "A.B.", "N.N.”, "A.G.", "E.G." MCHJlarning mas’ul shaxslari “Samarqand” MFY hokim yordamchisi Sh.I. bilan o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan 17 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, fuqarolarga mahsulotlarni yetkazib bermasdan, jami 526,6 mln so‘mni MCHJlarga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olganliklari aniqlangan.
Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro Sh.X. “Zarbdor”, “Olmazor” va “Qahramon” MFY bo‘yicha hokim yordamchilari bilan o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan 7 nafar fuqaroga issiqxona qurish uchun imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, fuqarolarga issiqxona qurib bermasdan soxta dalolatnomalar tuzish orqali jami 243,9 mln so‘mni o‘g‘li L.A.ning nomiga tashkil etgan ta’minotchi “D.M.” MCHJga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring