Kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

16:48 01 Fevral 2024 Jamiyat
181 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jondor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.T.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari B.T. “A.Q.” MCHJ rahbari A.H. bilan oʻzaro til biriktirib, tijorat banki filialidan ajratilgan 647 mln soʻm kredit mablagʻlarini 32 nafar fuqaroning issiqxona faoliyati bilan shugʻullanishi uchun yoʻnaltirmasdan, ushbu mablagʻlarni moliyaviy yordam sifatida 3 ta xoʻjalik yurituvchi subyektining hisob raqamiga oʻtkazish orqali naqdlashtirib olganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentining Qumqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.Sh.” NTT rahbari K.M. va boshqalar tijorat banki filialidan xususiy sherikchilik asosida 100 oʻrinli zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurish uchun ajratilgan 1,6 mlrd soʻm kreditni oʻzining norasmiy boshqarib kelgan “Oʻ.-F.” MCHJga oʻtkazib, 356,7 mln soʻmni rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Departamentning Dehqonobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “A.S.” fermer xoʻjaligi rahbari N.N. hudduiy tijorat bankidan 12 nafar fuqaroga chorva mollari yetkazib berish uchun ajratilgan 349,5 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?