Kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorakoʻl tuman boʻlimi tomonidan AT “Xalq banki” Buxoro viloyat filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.Ch.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari va boshqalar chorvachilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 423 560 AQSH dollari miqdoridagi kreditni soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali garov taʼminotisiz qoldirib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.Т.” MCHJ rahbari S.Q. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, 10 nafar fuqaroga issiqxona qurish va tikuvchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ajratilgan 457 mln soʻm kreditni rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Oltinsoy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa tumandagi “Q.” MFY boʻyicha sobiq hokim yordamchisi Q.N. 7 nafar fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratilgan 215,4 mln soʻm imtiyozli kreditni oʻzi norasmiy boshqarib kelayotgan “O.S.” va “B.T.” MCHJlarning hisob raqamlariga oʻtkazib oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring