Kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan “Biznesni rivojlantirish banki” AT Navoiy filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.Q.” MCHJ masʼul shaxslari qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish uchun ushbu bank filialidan ajratilgan 800 mln soʻm kredit evaziga uskunalarni toʻliq olib kelmasdan, kredit mablagʻlarini oʻzlarining ehtiyojlariga sarflab yuborganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “U.A.” xususiy korxonasi rahbari K.Sh. va boshqalar AT “Xalq banki” Uzun filialidan aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadida ajratilgan kredit mablagʻini maqsadsiz ishlatib, jami 741,3 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring