Kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “Sh.A.” MCHJ rahbari Sh.B. va “S.I.” xususiy korxonasi rahbari Sh.T.bilan oʻzar til biriktirib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 70 000 AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻini goʻyoki ushbu mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, “A.Q.” MCHJ rahbari K.A va “J.E.” MCHJ rahbari F.M. qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun bank filialidan ajratilgan 800 mln soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan “Qishloq qurilish bank” hududiy boshqarmasining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.F.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar maishiy texnika va qurilish materiallarini xarid qilish uchun ushbu bank filialidan ajratilgan 546,6 mln soʻm kredit mablagʻini boshqa maqsadlarda sarflab, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring