Koʻtarmadan tushib ketgan “Lacetti“ va orqa qismi ikki boʻlinib ketgan ”Cobalt” mojarosi qanday yechim topdi?

Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida yashovchi fuqaro Maʼmirjon Madaminov tomonidan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushdi.
Unda isteʼmolchi, oʻziga tegishli boʻlgan “Lacetti” rusumli avtomobiliga servis xizmat koʻrsatish maqsadida, Qoʻrgʻontepa shahar, Andijon koʻchasida joylashgan “Qoʻrgʻontepa yoshlar sogʻlomlashtirish markazi” MCHJga qarashli “Bek” avtotransport vositalariga servis xizmat koʻrsatish ustaxona xodimi Doniyor ismli shaxsga qoldirib ketganligini, biroq usta tomonidan telefon orqali avtomobilni taʼmirlash uchun koʻtarma uskuna yordamida yuqoriga koʻtarilganligi va kutilmaganda avtomobil koʻtarma uskunadan tushib ketganligi haqida xabar berganligini, buning oqibatida avtomobil kuzovining ayrim qismlariga shikast yetganligini, shuningdek, usta tomonidan avtomobilning ziyon yetgan qismlari taʼmirlab berilganligini, lekin avtomobilning taʼmirdan keyingi holat qoniqtirmaganligini bayon qilgan.
Mazkur murojaat oʻrganilishi natijasida, mashina tadbirkor tomonidan sifatli taʼmirlab berilishiga erishildi. Bu haqda Federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Yana qayd etilishicha, ana shunday murojaatlardan yana biri, Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro M. Oʻzbekov tomonidan kelgan boʻlib, unda isteʼmolchi Termiz shahridagi «Surxondaryo Avtotex xizmati»salonidan 2020-yil 26-mart oyida 97.000.000 soʻm toʻlov qilib «Cobalt» avtomobilini xarid qilgan. Biroq oradan hech qancha vaqt oʻtmasdan mashinaning orqa qismi ikkiga boʻlinib ketgani va salonga murojaat qilgan salon taʼmirlab berishdan bosh tortganligini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Termiz shahar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida “Cobalt” avtomobili taʼmirlab berildi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Kun fotosi: Buxoroda 1000 ta “konteyner uy” imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Kun fotosi: Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring