Kosta-Rikada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida oʻzbekistonlik qilichbozlar barcha sovrinlarni qoʻlga kiritdi

01:16 16 Noyabr 2021 Sport
1618 0

13—14-noyabr kunlari Kosta-Rikada qilichbozlik boʻyicha qizlar oʻrtasida Jahon kubogining oʻsmirlar bosqichi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi xabar berdi.

Maʼlumotga koʻra, oʻzbek qilichbozlik sporti tarixida ilk bor xotin-qizlar oʻrtasidagi jahon kubogi bosqichida barcha sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻsmirlar, shuningdek, jamoaviy bahslarda ham oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Final uchrashuvida Oʻzbekiston vakillari Kosta-Rika vakillarini 45:30 hisobida magʻlub etishdi.

Bu musobaqalar 2022-yilgi Osiyo chempionati, jahon chempionati, Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?