Kosonsoy tumanida yangi hokim ish boshladi

14:52 22 Dekabr 2021 Jamiyat
419 0

Bugun Kosonsoyda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi chaqirildi. Unda tashkiliy masala koʻrilib, Namangan viloyati hokimining qarori hamda tuman Kengashi deputatlari tasdigʻi bilan Dilmurod Gʻofurovich Qodirov Kosonsoy tumani hokimi etib tayinlandi.

Dilmurod Qodirov 1972-yili Namangan shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1993-yili Andijon qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi olim-agronom.  2017-yildan  hozirgi vaqtga qadar Norin tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan. U 2021-yil avgust oyida Prezident farmoniga koʻra,  “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Q. NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?