“Kosmonavtlar” maydonida joylashgan “Vladimir Jonibekov” haykali atrofidagi plitalarni almashtiruvchi korxona ruxsatisiz rekonstruksiya qilishni boshlagan

Foto: Arxiv surat
Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi “Kosmonavtlar” maydonidagi granit plitalarning demontaj qilinishiga munosabat bildirdi.
Maʼlumotlarga koʻra, rekonstruksiya qiluvchi korxona ruxsatnomasiz qurilish ishlarini boshlagani uchun ogohlantirish olgan. Jarayon toʻxtatildi.
Qayd etilishicha, poytaxtning “Kosmonavtlar” xiyoboni boʻylab joylashgan kosmonavt “Vladimir Jonibekov” haykali davlat kadastriga kiritilgan va Madaniyat vaziri buyrugʻi bilan davlat muhofazasiga olingan. Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, bu obyekt monumental sanʼat yodgorligi hisoblanadi.
Shuningdek, qonunchilikka koʻra, madaniy va moddiy meros obyektlarida barcha qurilish, taʼmirlash va restavratsiya ishlarini Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi maʼqullagandan keyingina amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kirish test sinovlarining birinchi kun natijalari eʼlon qilindi — DTM
- “Oltin toʻp”ga daʼvogarlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilindi, unda Messi yoʻq
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- Mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlariga
- 2022/2023 oʻquv yilidan yurtimizda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi
- Tibbiyot kolleji va Jamoat salomatligi texnikumlariga 10 - avgustdan qabul jarayonlari boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring