Koʻrshapalaklarda odamlar uchun xavfli yangi koronavirus turi aniqlandi

00:16 23 Sentyabr 2022 Dunyo
1578 0

Illyustrativ foto

AQSHning Vashington davlat universiteti olimlari yaqinda Rossiyadagi koʻrshapalaklarda topilgan virus “SARS-CoV-2”ga oʻxshashligini, ular odamlarni yuqishga qodirligini va mavjud koronavirus vaksinalariga chidamliligini aniqladilar.

Soʻnggi yillarda yuzlab koronaviruslar, asosan, Osiyodagi koʻrshapalaklarda topilgan. Ammo ularning aksariyati insonlarga yuqmaydi. “Khosta-1” va “Khosta-2” viruslari 2020-yilning oxirida Gʻarbiy Rossiyadagi koʻrshapalaklarda topilgan va dastlab odamlar uchun xavf tugʻdirmagan. Oʻrganishlar davomida “Khosta-1” haqiqatdan insonlarga xavf tugʻdirmasligi maʼlum boʻlgan. 

“Khosta-2” sarbekoviruslar kichik toifasiga kiritilgan. Koronavirus pandemiyasini keltirib chiqargan “SARS-CoV-2” virusi ham aynan shu toifaga kiradi.

“Khosta-2”ning boshoq oqsillari “SARS-CoV-2”ga oʻxshaydi, shuning uchun u inson hujayralariga yuqishi mumkin. Bundan tashqari, virus “SARS-CoV-2” qarshi antitanachalarga ham chidamli. Xususan, “COVID-19”ga qarshi vaksina emlangan odamlarning immun tizimini ham buzishi mumkin.

Mutaxassislarning aytishicha, yangi virusda odamlarda sarbekoviruslarning patogenezida ishtirok etishi mumkin boʻlgan baʼzi genlar yoʻq. Bu biroz xavotirlarni pasaytirish mumkin. Biroq, “Khosta-2”ning “SARS-CoV-2” yoki boshqa viruslar bilan rekombinatsiyasi xavfi mavjud. Bu odamdan odamga yuqadigan yanada xavfli virusning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu kashfiyot nafaqat maʼlum boʻlgan “SARS-CoV-2” variantlaridan, balki umuman sarbekoviruslardan himoya qilish uchun universal vaksinalarni ishlab chiqish zarurligini koʻrsatmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?