“Korrupsiyasiz davlatni qanday tasavvur qilasiz” — yoshlar oʻrtasida davra suhbati tashkil qilindi

18:19 03 Dekabr 2021 Jamiyat
551 0

Toshkent shahridagi “Yoshlar press klubi”da 2021-yil 1-dekabr kuni “Korrupsiya — taraqqiyot dushmani” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil qilingan tadbirda yoshlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Yoshlar ishlari agentligi vakillari ishtirok etdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi Oʻtkir Namozboyev korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlar xususida soʻz yuritdi: — Hozirgacha korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, amalga tatbiq qilinmoqda. Shunga qaramasdan jamiyatda bu illatga qarshi munosabayni shakllantirmas ekanmiz korrupsiya doimiy ogʻriqli nuqtamiz boʻlib qolaveradi.

Shuningdek, davra suhbati davomida agentlik vakillarining sohaga oid rejalari, erishilayotgan yutuq va kamchiliklar, yoshlarda huquqiy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Madina Gʻuzorova, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?