Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz masʼulmiz

12:23 04 Iyul 2022 Jamiyat
392 0

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz masʼulmiz!” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Islom sivilizatsiyasi” markazi masʼul xodimi oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etib, ishtirokchilarga korrupsiyaning oqibatlari, uni keltirib chiqaradigan omillar va bartaraf etish boʻyicha islom nuqtayi nazaridan tushunchalar berib oʻtdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodim oʻzgarishni jamiyatdan emas, balki, oʻzidan boshlab, bu illatga qarshi kurashda oʻz hissasini qoʻshishi muhim ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Davra suhbatida boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Toshkent shahar bojxona boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Oʻzaro savol-javoblarga boy tarzda oʻtgan davra suhbatida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Аytish mumkinki, korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa boʻlib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qoʻllash samarali hisoblanmaydi, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat va jamiyatning oʻzaro jipsligi talab etiladi.

Zero, unga qarshi kurashishda esa avvalo aholining huquqiy ongini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?