Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yangi vakolat beriladi

05:07 20 Aprel 2022 Jamiyat
780 0

AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida shu haqda maʼlum qilindi. Qayd etilishicha, agentlik korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishga masʼul organlardan biri sifatida belgilanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan birgalikda “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Qonun loyihasiga koʻra, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishga masʼul organlar sifatida quyidagilar taklif etilmoqda:

— Adliya organlari;

— Vazirlik, idora va tashkilotlarning yuridik xizmatlari;

— Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер