Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Rossiya elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchrashuvning asosiy mavzusiga aylandi. Xususan, ikki davlatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, korrupsiyaga qarshi siyosatlarining ustuvor yoʻnalishlari va vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda fuqarolik jamiyati institutlari, OAV ishtirokini yanada kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari oldida turgan vazifalar, yangi institutlar va tartiblarni joriy etish zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakuni boʻyicha tomonlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, tegishli idoralar tajribasini oʻrganish hamda ikki davlat vakolatli idoralari oʻrtasida memorandum imzolash masalasini koʻrib chiqish kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Maymun chechak Osiyoning yana bir davlatiga kirib keldi
- Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Bryussel Boris Jonsonning NATO bosh kotibi lavozimini egallash ehtimolini baholadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring