Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi tayinlandi

10:54 08 Iyun 2021 Jamiyat
312 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Ochilova Durdona Bahodir qizi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi-matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

Durdona Ochilova mehnat faoliyati davomida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining turli lavozimlarida, shuningdek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotida ish yuritgan.

U bugungi kunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimida ishlab kelgan.

Lavozimga tayinlov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?