Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi

12:07 28 May 2022 Jamiyat
609 0

Oliy Majlis Senatining yigirma oltinchi yalpi majlisida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi.

Qonunda Prezident, Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari aniq koʻrsatib oʻtilmoqda.

Qonun bilan davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishning huquqiy asoslari yaratilmoqda, yaʼni davlat xizmatchilarining faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholanishi qatʼiy belgilanmoqda. Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi.

Qonunda xalqqa xizmat qilish davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplaridan biri etib belgilanmoqda.

Qonun normalari faqatgina davlat reyestriga kiritiladigan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilariga nisbatan tatbiq etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?