Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladi

Illustrativ foto
Hukumat qarori (679–son, 29.11.2022-y.) bilan Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi
Reglamentga koʻra, korporativ boshqaruvchi malaka attestati Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan korporativ boshqaruv sohasida malaka mavjudligini tasdiqlash uchun beriladi.
Talabgor quyidagi asosiy malaka talablariga mos kelishi kerak:
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Korporativ boshqaruvning zamonaviy amaliyoti va tamoyillari” boʻyicha oʻquv kursini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatiga ega boʻlishi;
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik («Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisliklari boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlari va Biznes maktablarida tahsil olgan va ilmiy darajalarga ega boʻlgan hamda korporativ boshqaruv fani boʻyicha eng yuqori baho yoki ball olgan boʻlishi kerak.
Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi (my.gov.uz orqali murojaat qilinganda yigʻim miqdori 270 ming soʻmni tashkil etadi).
Malaka attestatining amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi hamda uzaytirilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring