Koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak vafot etdi

23:18 16 Iyul 2020 Jamiyat
299 0

Guliston shahrida yashovchi 67 yoshli fuqaro A.A. (erkak) tana haroratining koʻtarilishi, yoʻtal, umumiy holsizlik sababli COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan. 5-iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va shu kuni Toshkent shahridagi Ibn Sino nomli 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

12-iyul kuni oʻtkir nafas yetishmovchiligi hisobiga reanimatsiya boʻlimiga oʻtkazilgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar oʻtkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin ogʻirlashib, mutaxassislar tomonidan toʻliq hajmda, standart asosida oʻtkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramay, bemor ikki tomonlama pnevmoniya ogʻir kechishi, oʻtkir nafas yetishmovchiligi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sababli vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?