Koronavirusning yangi shtammiga “omikron” nomi berildi

20:41 27 Noyabr 2021 Dunyo
2030 0

Illyustrativ foto

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammini yunoncha «omikron» harfi bilan nomladi.

Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, mavjud PCR testlari «omikron» shtammlarini tanib olishga qodir. Koronavirus infeksiyasining yangi shtammi paydo boʻlishi fonida JSST “COVID-19”ga qarshi emlashni koʻpaytirishga chaqirdi.

«Omikron» — yunon alifbosining 15-harfi. Lotin va kirill alifbosidagi O «omikron» harfidan olingan.

Janubiy Afrika, Botsvana, Gonkong, Isroil va Belgiyada B.1.1.529 deb nomlangan yangi «COVID-19» shtammi bilan kasallanish oʻnlab holatlari aniqlandi. Mutaxassislarning fikricha, bu koronavirusning boshqa mutatsiyalariga qaraganda yuqumliroq boʻlishi mumkin. U 32 ta mutatsiyani oʻz ichiga olgan. Ulardan baʼzilari uning yuqori oʻtkazuvchanligi hamda vaksinalarga chidamliligi aytilmoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?