Koronavirusning tarqalishi uchun qulay ob-havo sharoiti maʼlum boʻldi

18:36 27 May 2020 Dunyo
1180 0

Illyustrativ surat

2020-yilning 21-yanvaridan 6-mayigacha 185 mamlakatda qayd etilgan 3,75 million infeksiya holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida xitoylik olimlar yangi turdagi koronavirus qanday harorat va namlikda keng tarqalishini aniqlashdi.

Mutaxassislarning tadqiqotlariga asoslanib “Xinhua” axborot agentligining yozishicha, infeksiya tarqalishining 60 foizi 5 dan 15 darajagacha boʻlgan haroratda kuzatilgan. Qariyb 74 foiz holatlar har kubometr havoning mutlaq namligi 3 dan 10 grammgacha boʻlgan hududlarda qayd etilgan.

Aynan shu maʼlumotlarga tayangan holda mutaxassislar koronavirus, asosan, oʻrta haroratlarda keng tarqaladi, degan xulosaga kelishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?