Koronavirusni oddiy shamollash yoki grippdan qanday farqlash mumkin?

12:51 02 Oktyabr 2020 Jamiyat
968 0

Ushbu savolga bugun AOKA zalida oʻtkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:

— Koronavirus kasalligida koʻp uchraydigan ayrim erta belgilar shamollash va gripp kasalligi belgilariga oʻxshaydi.

Bular: tana harorati koʻtarilishi, umumiy holsizlik, ishtahaning yoʻqolishi, mushaklardagi ogʻriq, taʼm va hid sezmaslik.

Biroq koronavirus oʻrta ogʻirlik va ogʻir kechishida kasallikning 5-7 kuniga tana harorati 38-39 ºS dan oshadi, nafas yetishmovchiligi, hansirash paydo boʻladi, oddiy shamollash va grippda esa — aksincha 3-4 kundan keyin bemor ahvoli yaxshilana boradi.

Bundan tashqari koronavirus kasalligini aniq tashxislash uchun epidemiologik anamnez, PZR tekshiruvi javobi musbat boʻlishi, kislorod saturatsiyasi 94 % dan kamayishi, KTsida xarakterli oʻzgarishlar kuzatilishini inobatga olishimiz kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер