Koronavirusni besh daqiqada yoʻq qiladigan o'simlik aniqlandi

13:25 16 Noyabr 2020 Dunyo
2116 0

Germaniyaning Ulm universiteti tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, qora ryabina va anor sharbati, shuningdek, koʻk choy virusga qarshi yaxshi samaraga ega.

Qora ryabina sharbati inson tanasidagi koronavirus infeksiyasi faolligini besh daqiqada 97 foizga, koʻk choy va anor sharbati esa 80 foizga kamaytiradi.

Sababi, ushbu mahsulotlar kislotali muhit yaratish xususiyatiga ega va ularning tarkibida virusga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi polifenollar mavjud.

Olimlar COVID -19 patogenlarini yoʻq qilish uchun ushbu sharbatlar va choy bilan tomoqni kuniga bir necha marta yuvishni maslahat berishgan.

Qayd etish joiz, ushbu ilmiy tadqiqot xulosalari hali ilmiy hamjamiyat tomonidan baholanishi lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?