Koronavirusga qarshi vaksinani Oʻzbekistonda ishlab chiqarish masalasida Xitoy delegatsiyasi Toshkentga keldi

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi taklifiga koʻra 23-iyul kuni Xitoyning “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi. Delegatsiya hozirda yurtimizda qoʻllanilayotgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini ishlab chiqarayotgan mazkur kompaniyaning bosh muhandisi Vang ZiJun, Eksport boʻlimi boshligʻi Chen Fangvu hamda Chu Yingjin va Li Jifyao kabi mutaxassislardan iborat.
Delegatsiya poytaxtimizga Oʻzbek-Xitoy vaksinasini Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borish maqsadida tashrif buyurdi. Mutaxassislar vaksina ishlab chiqarish uchun infratuzilmaviy imkoniyatlarini baholaydi.
Xitoy Fanlar akademiyasi SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi nomzod vaksinasini yaratish loyihasining tashabbuskori va koordinatori hisoblanadi. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi va Sogʻliqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining vaksina sinovlarida bevosita ishtiroki, shuningdek, klinik tadqiqotlarga qoʻshgan hissasi natijasida Oʻzbekiston vaksinaning hammuallifi sifatida eʼtirof etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
- “Oltin toʻp”ga daʼvogarlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilindi, unda Messi yoʻq
- Mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlariga
- 2022/2023 oʻquv yilidan yurtimizda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi
- Kirish test sinovlarining birinchi kun natijalari eʼlon qilindi — DTM
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring