Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi — JSST

18:56 23 Yanvar 2023 Dunyo
483 0

Foto: Illustrativ foto

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining immunizatsiya va vaksinatsiya masalalari boʻyicha direktori Keyt Oʻbrayen koronavirusga qarshi emlash vositalari samaradorligi va xavfsizligi haqida bayonot berdi.

Uning qayd etishicha, SOVID-19 profilaktikasida qoʻllanilayotgan vaksinalar xastalik ogʻir oʻtishi, gospitalizatsiya hamda oʻlim holatlarining oldini olishda ishonchli taʼsirga ega.

Faqat maksimal samaradorlikka erishish uchun toʻliq bosqichda va buster dozada emlanish zarur.

Bunga, birinchi navbatda, xavf guruhiga mansub aholi qatlami, yaʼni:

— 60 yoshdan oshganlar,

— surunkali kasalliklarga chalinganlar,

— immuniteti zaif bemorlar,

— homilador ayollar,

— tibbiyot xodimlari amal qilishlari kerak.

Oʻz navbatida, JSST masʼuli baʼzi ommaviy axborot vositalarida buster doza keksa yoshli kishilarda insult xavfini keltirib chiqarishi toʻgʻrisidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini taʼkidladi.

“Oʻrganishlarimiz davomida mazkur holatlar oʻz tasdigʻini topmadi. Qolaversa, tashkilotga bu borada hech qanday eʼtiroz, shikoyat va shubhali holatlar boʻyicha maʼlumotlar ham kelib tushmagan” — deydi ekspert.

Doktor Keyt Oʻbrayen koronavirusning yangi mutatsiyalari keng tarqalayotgan hozirgi sharoitda kuchaytiruvchi dozada emlanish pandemiyaning navbatdagi kuchli toʻlqinlariga qarshi mustahkam toʻsiq boʻlishini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?