Koronavirusga qarshi vaksinadan keyin immunitet qachon hosil boʻladi, qachon immun tizimimiz bizni himoya qilishni boshlaydi?

18:57 02 Iyul 2021 Jamiyat
1242 0

Ushbu savolga AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva quyidagicha javob qaytardi:

— Koronavirusga qarshi vaksinani 1chi bosqichini olganlarda immunitet hujayralar paydo boʻlishi vaksina olgan kunidan 14 kun oraligʻida koʻtarilishni boshlaydi va uning maksimal koʻtarilish darajasi oxirgi bosqich (yaʼni 2 yoki 3-bosqich) vaksinani olgandan 30-60 kunlar baʼzilarda 90 kun oraligʻida erishiladi. Bu erishilgan vaksinani necha kun yoki yil saqlanishi boʻyicha butun dunyoda va oʻzimizni olimlar ham nazorat qilib bormoqdalar. Vaqt oʻtib immun hujayralarni saqlanish muddatlari haqida aniq maʼlumotlar chop etiladi.

Bugungi kunda mavjud maʼlumotlardan olimlarning taxminlari eʼlon qilinib borilmoqda, ularning taxminlariga koʻra, baʼzi vaksinalar 1 yil, baʼzilari 2 yil, baʼzi vaksinalar esa umrbod immun himoya hosil qiladi – deb xulosa qilmoqdalar.

Shunga qaramay, vaksina olayotganlarga va olganlarga vaksina olib immun himoyadaman deb xulosa qilishga shoshilmang. Karantin qoidalariga rioya qilish barcha infeksion kasallikdan saqlaydi, shuningdek koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinadan keyingi immunitetni hosil boʻlishiga ham yordam beradi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?