Koronavirusga qarshi universal antitanachalar mushuklar qonidan topildi. Bu kasallik bilan kurashda samarali boʻlishi mumkin

20:44 28 Noyabr 2022 Dunyo
567 0

Koronavirus turlaridan biri bilan kasallangan mushuklar organizmi “SARS-CoV-2”ga qarshi kurasha oladigan oqsil ishlab chiqaradi. 

“SARS-CoV-2” virusi nafaqat odamlarning, balki koʻplab hayvonlarning organizmida ham koʻpayishiga qodir. Xususan, mushuklar, maymunlar va norkalar shular sirasiga kiradi. 

AQSHning Florida shtatidagi Geynsvill universiteti olimlari mushuklarning “FCoV2” koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetining javobini tekshirishga qaror qilishdi. Bu virusning qiziq tomoni shundaki, uning “RBD” oqsil qobigʻi bloki “SARS-CoV-2” bilan 40 foiz bir xil. Faraziy ravishda bu ikki patogenga qarshi bitta vaksina yaratilishi mumkin.

Tajriba shuni koʻrsatdiki, “FCoV2”ga antitanachalar nafaqat ushbu patogenning “RBD” bloki va boshqa konvert oqsillari, balki insonlarda uchraydigan “COVID-19” va “FCoV1” virusi qoʻzgʻatuvchisi zarralarida mavjud boʻlgan shunga oʻxshash segmentlar bilan ham faol bogʻlangan. 

“Mushuklarda oʻrganilgan barcha oltita plazmadan olingan antitachalar, nafaqat ”FCoV2“ virusining konvert oqsillari bilan bogʻlangan, balki ”SARS-CoV-2“ zarralarida mavjud boʻlgan turlarini ham neytrallashtirgan. Bu shuni koʻrsatadiki, bunday antitanachalar ular bilan bogʻlangan koʻplab koronaviruslarni bostiradigan vaksinalarni yaratish uchun asos boʻlishi mumkin”, deyishmoqda mualliflar.

Olimlar bu kashfiyotdan kelgusida universal vaksina yaratishda foydalanishga umid qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер