Koronavirusga qarshi ommaviy qayta emlashning foydasidan zarari koʻp boʻlishi mumkin — "The Lancet"

00:51 15 Sentyabr 2021 Dunyo
924 0

Foto: РИА Новости

“The Lancet” tibbiy jurnalida fuqarolarni ommaviy ravishda qayta emlash befoydaligi taʼkidlangan maqola chop etildi.

Maqolada Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va AQSHning oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlari sifatini nazorat qiluvchi boshqarmasi (FDA) vakillaridan iborat bir guruh olimlarning tavsiyalari keltirilgan.

Mutaxassislarning fikricha, mavjud vaksinalar ancha samarali, shuning uchun hali qayta emlashga hojat yoʻq. Bundan tashqari, bunday preparatlardan takroriy yoki tez-tez muddatda foydalanish befoyda va hatto xavfli boʻlishi mumkin. Masalan, bu miokardit va Guillen-Barre sindromiga olib kelishi mumkin.

Olimlarning taʼkidlashicha, takroriy emlashlar immuniteti zaif odamlarga foydali boʻlishi mumkin. Shunday boʻlsada, mutaxassislar vaksinalarni yana tavsiya qilishdan oldin tegishli tadqiqotlar oʻtkazish kerakligini aytishmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?