Koronavirusga qarshi antitanalarni yuqori aniqlikda koʻrsatadigan test yaratildi

03:59 04 May 2021 Dunyo
826 0

Shveysariyalik olimlar odamda koronavirusga qarshi antitanalarni aniqlaydigan testni ishlab chiqdilar. U bilan qon tomchisi tahlili orqali kasallikka qarshi antitanalar bor yoki yoʻqligi bilib olish mumkin. Bu haqda Lozanna federal politexnika maktabi maʼlum qildi.

“Antitanalarni tekshirish «COVID 19” pandemiyasini keltirib chiqargan “SARS-CoV2” virusi yuqtirishni kuzatishda kuchli vosita boʻlishi mumkin», deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, bitta tahlil narxi 60 sentga baholanmoqda. Olimlar allaqachon koronavirusga chalingan 155 kishining qonini tahlil qilgan va sinov aniqligi 98 foizni tashkil etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?