Koronavirusga emlanganlar kasallikni yengil oʻtkazadi, reanimatsiyaga tushmaydi, oʻlim holati kuzatilmaydi — Mutaxassis

16:21 23 Iyul 2021 Jamiyat
767 0

Ilgʻor texnologiyalar markazi biotexnologiya laboratoriya mudiri Dilbar Dalimova vaksina boʻyicha muhim maʼlumotlarni taqdim etdi.

«Koʻpchilik vaksina olgan boʻlsa ham koronavirusga chalinayotgani va vaksina yordam bermayotgani haqida aytishmoqda.

Aslida bu notoʻgʻri.

Vaksina albatta yordam beradi. Qachonki vaksinani toʻliq, barcha dozasini olsa, kasallikka qarshi immunitet paydo boʻladi va kasallikni yengish juda oson boʻladi.

Albatta, emlandi, degani bu — umuman kasal boʻlmaydi, degani emas. Vaksina olgan kishi koronavirusni yengil oʻtkazadi, kasallik ogʻir oqibatlarga olib kelmaydi, reanimatsiyaga tushmaydi, oʻlim holati kuzatilmaydi. Eng asosiysi shu.

Koronavirusning yangi shtammlariga nisbatan samaradorlik darajasi ham oʻrganildi. Albatta, yangi shtammlarga uning taʼsiri kamayadi. Boshqa vaksinalar samaradorligi 10-15 foizga kamaygan boʻlsa, Oʻzbekiston-Xitoy hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining samaradorligi bor-yoʻgʻi 1,2 foizga kamaydi. Bu degani — vaksina boshqa shtammlarga nisbatan ham ishlaydi, degani», deya taʼkidladi mutaxassis.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер