Koronavirusga chalinganlar izolyatsiya qilinishi kerak — Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti

10:47 14 Yanvar 2023 Dunyo
1055 0

Foto: Illustrativ surat

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyoda koronavirusning yangi mutatsiyalari keng tarqalayotgani munosabati bilan xastalik alomatlari mavjud kishilar uchun 10 kunlik izolyatsiya joriy etishni tavsiya qildi.

Bu haqda JSSTning COVID-19ga qarshi kurash dasturi mutaxassisi Janet Dias Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi.

Shuningdek, ekspert oʻz nutqida xastalik simptomsiz kechayotgan bemorlarni besh kunlik karantin sharoitida saqlash maqsadga muvofiqligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер