Koronavirusga chalingan homilador ayoldan tugʻilgan bola sogʻlom boʻladi — Elmira Basitxanova

13:46 22 Iyul 2021 Jamiyat
716 0

“Vaksina – salomatlik va cheklovlarsiz hayot” mavzusida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Unda Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Basitxanova koronavirus haqida gapirar ekan, homilador ayoldan tugʻilgan bola sogʻlom boʻlishi maʼlum qildi.

«Koronavirusga chalingan homilador ayoldan tugʻilgan bola sogʻlom boʻladi. Agar unga dunyoga kelgandan keyin infeksiya yuqmasa», dedi u.

Avvalroq, Oʻzbekistonda bir haftalik chaqaloqlar ham koronavirusga chalinayotgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?