Koronavirusga chalingan bemorlar uy sharoitida qanday davolanadi?

10:58 04 Dekabr 2022 Jamiyat
453 0

Foto: Illustrativ surat

Mutaxassislarimizning taʼkidlashicha, hozirgi kunda koronavirus tashxisi bilan roʻyxatga olinayotgan bemorlarda kasallik avvalgi shtamlarga nisbatan birmuncha yengil oʻtmoqda.

— Bunday yurtdoshlarimizdan bir qismi uy sharoitida davo muolajalarini olishlari mumkin, — deydi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov. — Faqat ambulator tarzda davolanuvchi aholi qatlami hududiy oilaviy poliklinikalarda oilaviy shifokor hamda LOR mutaxassis nazoratida boʻlishlari shart.

Odatda bunday bemorlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

koʻproq suyuqlik ichish (sutkasiga 4-5 litr hajmda),

tomoqni tez-tez maxsus antiseptik vositalar bilan chayish,

virusga qarshi va antioksidant dorilar hamda D va S vitaminlari, Sink preparatlarini qabul qilish,

uy sharoitida izolyatsiya va cheklovchi tartibga rioya etish,

tibbiy niqobdan foydalanish,

antibiotik, gormon preparatlari hamda tomchi dori vositalaridan maqsadsiz foydalanmaslik talab etiladi.

Kasallikdan qanday himolanish lozim? Bu borada mutaxassislarning tavsiyasi quyidagicha:

avvalo, barcha aholi qatlami koronavirusga qarshi buster doza bilan emlanishi lozim;

shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilish, xususan, qoʻllarni yaxshilab yuvish, maxsus antiseptik vositalardan foydalanish, tomoq va burunni tez-tez chayish talab etiladi;

yopiq binolar va jamoat joylarida tibbiy niqobdan foydalanish zarur;

kasallikning ilk alomatlari yoki OʻRVI belgilari namoyon boʻlishi bilan atrofdagilar bilan muloqotni cheklash hamda hududiy oilaviy poliklinikalarga murojaat qilish kerak;

koronavirus aniqlangan holatda uy sharoitida turli dori preparatlari (antibiotik, gormon va tomir ichiga yuboriladigan tomchi dorilar)ni maqsadsiz qabul qilmaslik shart.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер