Koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari kamaydi. Biroq “omikron”ning subvarianti tez tarqalmoqda

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, oʻtgan haftada Yer yuzi boʻyicha qariyb 2,9 million kishiga COVID-19 tashxisi qoʻyildi. Ulardan 11,1 mingdan ortigʻi xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.
Ushbu tahlillar 2-8-yanvar kunlari kasallanish koʻrsatkichlari undan avvalgi haftaga nisbatan 9 foiz, oʻlim holatlari esa 12 foizga kamayganini tasdiqlaydi.
Viruslar tarqalishining sezilarli pasayishi Yevropa (-36 foiz), Janubi-Sharqiy Osiyo (-27 foiz) va Afrika (-23 foiz) mintaqasi mamlakatlarida qayd etildi.
Oʻlim koʻrsatkichlari esa asosan Afrika (-53 foiz), Yevropa (-34 foiz) va Janubi-Sharqiy Osiyoda (-19 foiz) kamaydi.
Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi davlatlarida esa aksincha — koronavirus qurbonlari soni 31 foizga oshdi.
Oʻtgan haftada eng koʻp kasallanishlar Yaponiya, AQSH, Janubiy Koreya, Xitoy va Braziliyada roʻyxatga olingan.
Eng koʻp bemorlar oʻlimi AQSH, Yaponiya, Braziliya, Xitoy, Fransiya davlatlarda aniqlangan.
Kamayish koʻrsatkichlariga qaramay, JSST dunyo boʻylab “omikron”ning yangi — XBB.1.5 subvarianti tez surʼatlarda tarqalayotgani bois aholiga COVID-19ga qarshi toʻliq bosqichlarda va buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
- Rossiya Belarusda yadro quroli joylashtirishni maʼlum qildi. AQSHda xotirjamlik, Yevropa Ittifoqi esa javob berish bilan tahdid qilmoqda
- Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring