Koronavirus taʼsir oʻtkaza olmadi. Tesla oʻzining savdo rekordini yangiladi

02:17 08 Aprel 2020 Iqtisodiyot
749 0

foto by: Google

Amerikaning elektr transport vositalarini ishlab chiqaruvchi “Tesla” kompaniyasi koronavirus pandemiyasi hamda tahlilchilarning salbiy taxminlariga qaramay rekord oʻrnatishda davom etmoqda.

2020-yilning birinchi choragida kompaniya oʻz mijozlariga umumiy hisobda 100 mingdan ortiq transport vositalarini yetkazib berdi.

Bu haqda kompaniya oʻzining choraklik hisoboti maʼlum qildi.

“2020-yilning birinchi choragida “Tesla” umumiy hisobda 100 mingdan ortiq, xususan 88,4 mingta Model 3 va Model Y, shuningdek, Model X va Model S tipidagi 12,2 mingta transport vositalarini bozorga olib chiqdi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?