Koronavirus tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi

13:06 24 Noyabr 2020 Dunyo
138 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 58 million 425 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 385 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 59 million 168 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 396 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 11,972 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (9,139 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (6,052 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻringa yana Rossiya chiqdi (2,114 milliondan ortiq), Fransiya esa beshinchi oʻringa tushdi (2,102 milliondan ortiq).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?