Koronavirus, saraton, aqldan ozish va aritmiya — butun dunyo AQSH prezidentining sogʻligʻini muhokama qilmoqda

01:31 22 Iyul 2022 Dunyo
2287 0

Foto: AP

AQSH prezidenti Jo Bayden koronavirusga qarshi toʻliq emlanganiga qarmay, uning “COVID-19” testi ijobiy chiqdi.

Kecha Oq uy matbuot xizmati xodimi Karin Jan-Per AQSH prezidenti Jo Baydenda “COVID-19” testi ijobiy chiqqanini maʼlum qildi. Oq uy Amerika rahbari toʻliq emlanganini taʼkidlab, Bayden kasallikni qayerda yuqtirganiga aniqlik kiritmadi.

“Prezident Bayden toʻliq emlangan va kasallikning juda yengil alomatlarni boshdan kechirmoqda”, deyiladi Oq uy bayonoti.

Bayden Oq uyda izolyatsiya qilingan. Shu bilan birga u oʻz vazifalarini masofadan turib bajarishda davom etadi. Xususan, test salbiy natija koʻrsatmaguncha telefon va Zoom orqali rejalashtirilgan barcha uchrashuvlarda ishtirok etadi.

Siyosatchiga kasallikning ogʻir xavfi ostida qoʻllaniladigan dori buyurilgan

Siyosatchi virusga qarshi kurashuvchi “Paxlovid” preparatini qabul qila boshlagan. AQSH tibbiy regulyatorining veb-saytida preparat kasallikning ogʻir xavfi yuqori boʻlganida buyurilishi koʻrsatilgan.

Virusolog Aleksandr Butenkoning fikricha, AQSH prezidentiga hech narsa tahdid solmaydi. U hozirda butun dunyo boʻylab tarqalgan “Omikron” shtammining yengil turlaridan biri bilan kasallangan. Ushbu infeksiya hatto bunday keksa yoshda ham xavfsiz tarzda oʻtadi. Maʼlumot uchun aytib oʻtamiz, AQSH prezidenti hozirda 79 yoshda.

Bir kun oldin AQSH prezidenti saraton kasalligiga chalinganini maʼlum qilgan edi

Amerika rahbari “COVID-19” tasdiqlanishidan bir kun oldin saratonga chalinganini tan olgandi. Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etishga bagʻishlangan yigʻilishda Bayden koʻplab vatandoshlari singari u ham atrof-muhit ifloslanishi tufayli saraton kasalligiga chalinganini aytdi. Prezident Delaver shtatidagi Kleymont shahrida oʻsgan va u yerda koʻplab neftni qayta ishlash zavodlari joylashgan.

Oq uy tezda Bayden lavozimga kirishishdan oldin, undan melanoma boʻlmagan teridagi oʻsmalar olib tashlanganiga aniqlik kiritdi.

OAV Baydenning aqldan ozishi mumkinligi haqida bir necha bor xabar berishgan

Ijtimoiy tarmoq va matbuotda AQSH prezidentining koʻplab kasalliklari haqida muntazam ravishda xabarlar paydo boʻladi.

Shunday qilib, 2021-yil 25-noyabrda uning shaxsiy shifokori Kevin OʻKonnor prezidentdan quvurli adenoma olib tashlanganini aytgan edi. Bu xavfli oʻsma boʻlib, potensial saraton oldi hisoblanadi. Ammo shifokorga koʻra, bu prezidentga maxsus terapiya kerak degani emas.

OʻKonnorning soʻzlariga koʻra, Bayden atrial fibrilatsiya, giperlipidemiya (qonda yogʻ miqdorining oshishi), gastroezofagial reflyuks, mavsumiy allergiya, oyoqlarning yengil neyropatiyasidan aziyat chekadi. Lekin shunga qaramay, ayni paytda “sogʻlom va baquvvat odam”. hisoblanadi va davlat rahbari sifatida oʻz vazifalarini bajara oladi. Biroq, hamkasblari OʻKonnorning fikriga qoʻshilmaydi.

“Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining zaif, qarigan, aqldan ozgan chol ekanligi milliy fojiadir”, deydi shifokor Kristofer J. Beyker.

Doktor Kristofer J. Beyker, agar Bayden qayta saylansa, ikkinchi muddatga qadar yashamasligi mumkin, degan fikrda.

Mutaxassisning fikricha, prezidentda aql zaifligi rivojlanib bormoqda va atrofidagilar unga ishorali kartochkalar berib, buni yashirishi tobora qiyinlashmoqda. Oʻrtacha, demans* bilan kasallangan odam tashxisdan keyin toʻrt yildan bir oz koʻproq yashashi mumkin.

Kristofer J. Beyker, Amerika assotsiatsiyasi va neyroxirurglar kongressi aʼzosi, miya tomirlari va neyroxirurgiyani oʻrganishdagi yutuqlari uchun mukofotlar sovrindori, miya shikastlanishlarini oʻrganish boʻyicha mutaxassis.

AQSH Prezidentining reytingi keyin tushib ketmoqda

20-iyul kuni amerikaliklarning atigi 36 foizi Baydenning harakatlarini qoʻllab-quvvatlashi maʼlum boʻldi. Bu esa 19 oy ichida eng past koʻrsatkichdir. Bir hafta davomida siyosatchi uch foiz qoʻllab-quvvatlovdan mahrum boʻldi. Qirq yillikdagi eng yuqori darajaga yetgan inflyatsiyaning nazoratsiz oʻsishi, shuningdek, oziq-ovqat va yoqilgʻi narxining oshishi tufayli prezident ovozlarni yoʻqotmoqda.

Bundan tashqari, Baydenning ayrim bayonotlari tashqi siyosatga ham taʼsir qilmoqda. Uning Tayvanni himoya qilish haqidagi soʻzlari tufayli Pekin va Vashington oʻrtasidagi munosabatlar keskin yomonlashdi.

Siyosatchining Saudiya Arabistoniga tashrifi ham muvaffaqiyatsiz tugagani aytilmoqda. U valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonga “The Washington Post” jurnalisti Jamol Qoshiqchi oʻldirilishini eslatgan. Avvalroq, Bayden bin Salmon buyruqni shaxsan berganini daʼvo qilgan edi.

Demans* — xotira buzilishi, aqldan ozish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер