Koronavirus sabab Toj Mahal va boshqa tarixiy obidalarni ziyorat qilish uchun belgilangan taqiq kuchda qoldi

Hindistonning Agra shahri maʼmuriyati mamlakatda koronavirusga chalinganlar sonining keskin oshgani sababli Toj Mahal va boshqa tarixiy obidalarning ziyoratchilar uchun ochilmasligini maʼlum qildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
“Yakshanba kuni jamiyat manfaatlari eʼtiborga olinib, Agra shahridagi tarixiy obidalar ochilmasligi haqida qaror qabul qilindi”, deyiladi shahar maʼmuriyati bayonotida.
Agra shahrida dunyodagi eng mashhur tarixiy obidalaridan biri Toj Mahal maqbarasi joylashgan. Ushbu maqbara Boburiylar sulolasining toʻrtinchi vakili, Shohjahon tomonidan suyukli rafiqasi Mumtoz Mahal xotirasiga atab 1632-1653-yillar oraligʻida qurilgan. Toj Mahal 1983-yilda YUNESKO tomonidan “Hindistondagi musulmon sanʼatining durdonasi, xalqaro meros namunasi” sifatida roʻyxatga olingan.
Rossiyaning «Novosti» axborot agentligi xabariga koʻra, joriy yilning mart oyi oʻrtalarida koronavirusga qarshi kurashish doirasida Hindiston hukumati qaroriga binoan mamlakatdagi 3 ming 400 dan ziyod tarixiy obidalar ziyoratchilar va sayyohlar uchun yopilgan edi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Hindiston koronavirus bilan kasallanish holati boʻyicha dunyoda uchinchi oʻringa chiqqan. Ayni paytda mamlakatda koronavirus bilan kasallangan soni 697 mingdan ortdi. Shundan, 424 ming bemor kasallikdan sogʻaygan boʻlsa, qariyb 20 ming kishi vafot edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring