Koronavirus qurbonlari soni 4 taga ortdi — SSV

10:27 19 Sentyabr 2021 Jamiyat
528 0

Soʻnggi kecha kunduzda yurtimizda qariyb yana 580 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 4 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.

2021-yil 18-sentyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 168437 (+579) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

34 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

11 nafari Andijon viloyatida,

5 nafari Buxoro viloyatida,

13 nafari Jizzax viloyatida,

10 nafari Qashqadaryo viloyatida,

5 nafari Navoiy viloyatida,

11 nafari Namangan viloyatida,

40 nafari Samarqand viloyatida,

12 nafari Sirdaryo viloyatida,

18 nafari Surxondaryo viloyatida,

42 nafari Fargʻona viloyatida,

23 nafari Xorazm viloyatida,

106 nafari Toshkent viloyatida,

249 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 38 nafar,

Andijon viloyatida 49 nafar,

Buxoro viloyatida 10 nafar,

Jizzax viloyatida 36 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,

Navoiy viloyatida 8 nafar,

Namangan viloyatida 30 nafar,

Samarqand viloyatida 84 nafar,

Surxondaryo viloyatida 20 nafar,

Fargʻona viloyatida 43 nafar,

Toshkent viloyatida 210 nafar,

Toshkent shahrida 239 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 162055 (+780) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1188 nafarni tashkil qildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?