Кoronavirus pandemiyasining tugashiga oid ijobiy prognoz eʼlon qilindi

12:10 19 Oktyabr 2021 Jamiyat
302 0

Dunyo 2022-yil boshida koronavirus pandemiyasidan chiqishi mumkinligi maʼlum qilindi. Bu haqda Belarusning “STV” telekanaliga bergan intervyusida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa byurosi rahbari Xans Klyuge xabariga tayanib, SSV ma`lum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, dunyo 2022-yil boshida koronavirus pandemiyasidan chiqadi, ammo xastalikning oʻzi butunlay yoʻq boʻlib ketmaydi. Aksincha gripp kabi mavsumiy kasallikka aylanadi. “Men optimistman, ishonamanki, kelgusi yil pandemiyadan chiqamiz. Ammo bir narsani unutmaslik kerak, koronavirus hech qayerga ketmaydi. U bilan yashashga toʻgʻri kelishi mumkin”, — deydi mutaxassis.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakilining qoʻshimcha qilishicha, hozirda dunyoda koronavirusga qarshi vaksina yetarli boʻlib, ulardan nafaqat xavf ostida boʻlganlarni, balki boshqa barcha istovchilarni ham emlash mumkin. “Oʻzimizni xavfsiz his qilishimiz uchun aholining kamida 80–85 foizini emlash kerak”, — xulosa qilgan Klyuge.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yilning sentyabr oyida JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktorligiga saylangan doktor Xans Klyuge 2020-yil 10-fevral kuni oʻzining ilk rasmiy xorijiy tashrifini byuroga aʼzo boʻlgan 53 davlat orasida aynan Oʻzbekistondan boshlagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?