Koronavirus pandemiyasi shu yil bekor qilinishi kutilmoqda — JSST

Foto: Arxiv surat
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning taʼkidlashicha, joriy yilda COVID-19 pandemiyasi yakunlanishi kutilmoqda.
Uning fikriga koʻra, hozir dunyoda epidemiologik vaziyat nisbatan barqaror. Soʻnggi haftalarda kasallanish va oʻlim koʻrsatkichlari pandemiya boshlangan ilk kunlarga nisbatan sezilarli darajada kam.
— 2023-yilning qaysidir nuqtasida biz COVID-19 pandemiyasini bekor qilishimizga ishonchim komil, —dedi T. Gebreyesus.
Shunga qaramay, hali xotirjamlikka berilishga biroz erta. Mutaxassislar xulosasiga koʻra, kelgusida koronavirusning yangi mutatsiyalari paydo boʻlib, pandemiyaning yangi toʻlqinini avj olmasligiga kafolat yoʻq.
Shu bois, barcha aholi qatlami, ayniqsa, xavf guruhiga mansub kishilar toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishlari kerak. Bu — jamoaviy immunitetni kuchaytirish orqali kasallikni toʻlaqonli jilovlashda muhim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring