Koronavirus pandemiyasi qachon jilovlanishi maʼlum qilindi

01:01 15 Yanvar 2021 Dunyo
809 0

Foto: AP

Koronavirus pandemiyasi 2021-yil oxiriga qadar jilovlanadi.

Bu fikrlarni Germaniyaning Robert Kox instituti rahbari Lotar Viler aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda "Zeit" nashri.

Uning qayd etishicha, pandemiya yil oxirigacha nazoratga olinadi. Ammo buning uchun barcha cheklov choralari puxta bajarilishi talab qilinadi.

«Barchamiz odatiy kundalik hayotga imkon qadar kam cheklovlar bilan qaytishni istaymiz. Ammo bunga erishish uchun yuqtirganlar sonini sezilarli darajada kamaytirishimiz kerak. Buning uchun boshqa yoʻl yoʻq", deydi mutaxassis.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?