Koronavirus: ketma-ket besh kunlik koʻtarilishdan soʻng kunlik kasallanishlar soni biroz pasaydi

10:28 20 Iyun 2022 Jamiyat
142 0

2022-yil 19-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239726 (+93) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

— 3 nafari Andijon viloyatida,

— 6 nafari Buxoro viloyatida,

— 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,

— 2 nafari Namangan viloyatida,

— 4 nafari Samarqand viloyatida,

— 6 nafari Toshkent viloyatida,

— 70 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

— Buxoro viloyatida 2 nafar,

— Toshkent viloyatida 5 nafar,

— Toshkent shahrida 51 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 237713 (+58) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?