Koronavirus: kecha yurtimizda yana 25 nafar kishida kasallik aniqlandi

10:18 15 Avgust 2022 Jamiyat
321 0

Foto: Illustrativ foto

2022-yil 14-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 243562 (+25) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

1 nafari Namangan viloyatida,

3 nafari Xorazm viloyatida,

9 nafari Toshkent viloyatida,

12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida

Jizzax viloyatida 2 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,

Samarqand viloyatida 5 nafar,

Fargʻona viloyatida 2 nafar,

Xorazm viloyatida 6 nafar,

Toshkent viloyatida 3 nafar,

Toshkent shahrida 9 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 241157 (+29) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?