Koronavirus: kecha yurtimizda 34 nafar kishida kasallik aniqlandi

15:27 07 Avgust 2022 Jamiyat
521 0

Foto: Illustrativ foto

2022-yil 6-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 243328 (+34) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

3 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

2 nafari Buxoro viloyatida,

3 nafari Jizzax viloyatida,

2 nafari Qashqadaryo viloyatida,

2 nafari Navoiy viloyatida,

2 nafari Namangan viloyatida,

2 nafari Samarqand viloyatida,

2 nafari Surxondaryo viloyatida,

1 nafari Fargʻona viloyatida,

3 nafari Xorazm viloyatida,

4 nafari Toshkent viloyatida,

8 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 7 nafar,

Buxoro viloyatida 3 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,

Navoiy viloyatida 3 nafar,

Samarqand viloyatida 2 nafar,

Xorazm viloyatida 9 nafar,

Toshkent shahrida 19 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 240689 (+48) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер