Koronavirus: kasallanishlar soni kamaymoqda

10:27 18 Oktyabr 2021 Jamiyat
108 0

Kasallanishlar soni kamayishda davom etmoqda, kecha yurtimizda 355 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

2021-yil 17-oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 181312 (+354) nafarni tashkil etmoqda.

Kasallikdan sogʻayganlar jami 177213 (+327) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1290 nafarni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?