Koronavirus: kasallanish soni iyun oyidan buyon ilk bor 200 nafardan kamaydi

10:36 16 Noyabr 2021 Jamiyat
246 0

2021-yil 15-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni ilk bor 200 nafardan kamaydi.

Jumladan, kecha 189 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, bemorlarning umumiy soni 190104 nafarni tashkil etmoqda.

Kasallikdan sogʻayganlar jami 186394 (+203) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilyapti.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1360 nafarni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?